logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:32
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Arteta: «Biz buning uchun nima talab etilishini bilamiz»

 17 AVGUST, 2026, 06:42

Londonning «Arsenal» klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta Angliya Superkubogi-2026 doirasida «Manchester Siti» ustidan qozonilgan yirik g'alabadan (3:0) so'ng jamoasining ketma-ket ikkinchi marta Angliya Premer-ligasida zafar quchish imkoniyatlari haqida to'xtalib o'tdi.

«Bu tuyg'uni yana boshdan kechirishni istayman, bunday ishtiyoq paydo bo'ladi. Ushbu lahzani va bundan ham yorqinroq lahzalarni yana qayta yashashni xohlayman va buning uchun nima talab etilishini juda yaxshi bilamiz. Vazifa kanchalik murakkab ekanini tushunib turibmiz, shu bois klubimizda shunchaki muvaffaqiyatni takrorlashga intilmaganmiz. Buning uchun favqulodda nimadir qilish kerakligini bilamiz va biz bunga tayyormiz», — deydi Arteta «Arsenal» rasmiy saytiga.

Eslatib o'tamiz, «Arsenal» 2025/2026 yilgi Angliya Premer-ligasi mavsumini 38 ta o'yinda 85 ochko jamg'arib, chempionlik bilan yakunlagan edi. 

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ