logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:33
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

«Teng sharoitda bo'lishimiz kerak edi» — Xakimiy Frantsiya Superkubogi o'tkazilgan joy haqida

 17 AVGUST, 2026, 06:36

«PSJ» himoyachisi Ashraf Xakimiy Frantsiya Superkubogi doirasidagi «Lans»ga qarshi o'yin (0:1) raqibning o'z uy stadionida o'tkazilganidan noroziligini bildirdi.

«G'alaba qozonish uchun hamma narsani qildik, butun o'yin davomida ustunlik qildik, ammo nazorat qila olmagan vaziyatlarimiz ham bo'ldi. Neytral bo'lmagan bunday stadionda, o'z muxlislarimizsiz o'ynash... Biz teng sharoitda bo'lishimiz kerak edi. Bugungi bellashuv ko'proq Liga 1 o'yinini eslatdi. Ammo bu bahona bo'la olmaydi», — deydi Xakimiy Footmercato nashriga.

Eslatib o'tamiz, «PSJ» o'z tarixida oltinchi bor Frantsiya Superkubogi finalida imkoniyatni boy berdi, bu esa turnir tarixidagi antirekord hisoblanadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ