logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:15
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Adeyemi: «Davom ettirishga sabrsizlik bilan oshiqyapman»

 17 AVGUST, 2026, 06:30

Kataloniyaning «Barselona» klubi Shveytsariyaning Bazel shahrida kechgan o'rtoqlik o'yinida 5:2 hisobida yirik g'alabani qo'lga kiritdi. Ushbu uchrashuvda kataloniyaliklarning yangi a'zosi Karim Adeyemi ham gol urishga erishdi. O'yindan so'ng u afsonaviy klubdagi debyuti haqidagi taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.

«Menga juda yoqdi, ajoyib o'yin bo'ldi. Jamoaga moslashyapman. «Barsa» safida debyut qilish — ushalgan orzudir. Ajoyib tuyg'u. Endi davom ettirishga sabrsizlik bilan oshiqyapman», — deydi Adeyemi «Barselona» rasmiy saytiga.

Eslatib o'tamiz, «Barselona» Ispaniya chempionatining yangi mavsumini 23 avgust kuni «Elche»ga qarshi o'yin bilan boshlaydi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ