Arteta «Arsenal» yarim himoyasini dunyoda eng kuchlisi deb hisoblaydimi?
17 AVGUST, 2026, 06:24
Londonning «Arsenal» klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta jamoaning yarim himoya chizig'i darajasi haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Yakshanba kuni «kanonirlar» Angliya Superkubogi uchun kechgan bahsda «Manchester Siti» ustidan 3:0 hisobida yirik g'alabani qo'lga kiritishdi. Gollarga Rikkardo Kalafori, Kay Xaverts va Martin Edegor mualliflik qilishdi.
Jurnalistlar ispaniyalik mutaxassisga «Arsenal»ning yarim himoya chizig'ini dunyodagi eng kuchlisi deb hisoblaydimi yoki yo'qligi haqida savol berishdi.
«Ishonch bilan ayta olamanki, bu — «Arsenal»ning eng yaxshi yarim himoyasi. U aynan shunday ko'rinishda bo'lishi kerak: futbolchilarning fazilatlari bir-birini mukammal to'ldiradi, maydondagi moslashuvchanligimiz esa turlicha raqiblarga qarshi munosib o'yin ko'rsatish imkonini beradi. Bugun ham o'yin davomida taktikani o'zgartirib, buni yana bir bor isbotladik. Uchrashuvning turli bosqichlarida o'yinchilarning kuchli tomonlaridan turlicha foydalandik — bu bizning juda muhim ustunligimizdir», — dedi Arteta klub matbuot xizmatiga.
21 avgust kuni London klubi Angliya Premer-ligasining yangi mavsum 1-turi doirasida o'z maydonida «Koventri»ni qabul qiladi.
