«Yuventus» Martines transferidan voz kechdi
17 AVGUST, 2026, 06:18
«Aston Villa» darvozaboni Emiliano Martines shu yozda «Yuventus»ga o'tmaydigan bo'ldi.
The Athletic nashrining xabar berishicha, Turin klubi 33 yoshli argentinalik posbonning transferi bo'yicha muzokaralarni davom ettirishdan voz kechgan. Avvalroq «Yuventus» Martines bo'yicha yangi taklif kiritgan va klublarning narx borasidagi pozitsiyalari bir-biriga ancha yaqinlashgan edi. Shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olish ham muammo tug'dirmasligi kutilayotgandi. Biroq yakunda Italiya klubi muzokaralardan chiqish va e'tiborni boshqa nomzodlarga qaratishga qaror qildi.
Shu bilan birga, avvalroq «Aston Villa» «Parma»dan Dzion Sudzukini xarid qilish bo'yicha kelishuvga erishgani va Birmingem klubi uni yangi mavsumda asosiy darvozabon sifatida ko'rayotgani xabar qilingan edi.
