logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:17
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

«PSJ» so'nggi besh yil ichida ilk bor Frantsiya Superkubogini boy berdi

 17 AVGUST, 2026, 06:06

«PSJ» oxirgi besh yil ichida ilk bor Frantsiya Superkubogi egasiga aylana olmadi. 2026 yilgi trofey uchun kechgan bahsda parijliklar «Lans»ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berishdi.

Avvalroq «PSJ» Frantsiya Superkubogi bahslarida ketma-ket «Nant» (4:0), «Tuluza» (2:0), «Monako» (1:0) va «Marsel» (1:1, penaltilar bo'yicha 4:1) klublarini mag'lub etib, sovrinni qo'lga kiritib kelayotgan edi.

O'tgan mavsum yakunlariga ko'ra, Luis Enrike shogirdlari 34 turda 76 ochko jamg'arib, Frantsiya chempioni bo'lishgan. «Lans» esa 70 ochko bilan turnir jadvalida 2-o'rinni egallagan va Frantsiya Kubogi finalida «Nitstsa»ni 3:1 hisobida mag'lub etib, kubok sohibiga aylangandi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ