logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:12
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Pokonoli Shotlandiya terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi

 17 AVGUST, 2026, 06:00

Shotlandiya futbol assotsiatsiyasi Sebasten Pokonoli erkaklar terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlanganini rasman e'lon qildi. 39 yoshli belgiyalik mutaxassis 2 yillik shartnomaga imzo chekdi va jamoani bo'lajak UEFA Millatlar ligasida boshqaradi.

Bosh murabbiy sifatidagi ilk mavsumida Pokonoli «Yunion Sent-Jilluaz» klubini Belgiya chempionligiga olib keldi — bu klub uchun so'nggi 90 yildagi ilk chempionlik bo'ldi. Shungdan so'ng u ushbu jamoani o'z tarixida ilk bor Chempionlar ligasi guruh bosqichiga olib chiqdi va Belgiya Superkubogini qo'lga kiritdi.

Belgiyada «Yil murabbiyi» deb e'tirof etilgach, Pokonoli 2025 yilda «Monako»ni boshqargan va u erda shu yozgacha faoliyat yuritgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ