Rodri do'shanba kuni Barselonaga uchib keladi
17 AVGUST, 2026, 06:00
«Barselona» «Manchester Siti» yarim himoyachisi Rodri Ernandesning transferini yakunlamoqda.
Yakshanba kuni ma'lum bo'lganidek, klublar ispaniyalik futbolchining o'tish shartlari bo'yicha kelishib olishdi. Jurnalist Karlos Monforning ma'lumotiga ko'ra, «Barselona» 30 yoshli yarim himoyachi uchun allaqachon xususiy samolyot band qilib qo'ygan. Futbolchi Kataloniya poytaxtiga do'shanba kuni, mahalliy vaqt bilan taxminan soat 19:00 da uchib keladi.
Rodri uchun faqat tibbiy ko'rikdan o'tish va «ko'k-anorranglilar» bilan shartnomaga qo'l qo'yish qoldi. Transfer qiymati 60 million evroni tashkil etadi, bonuslar bilan esa bu summa 76,5 million evroga etishi mumkin.
23 avgust kuni Xans-Diter Flik jamoasi La Ligadagi yurishini safarda «Elche»ga qarshi o'yin bilan boshlaydi.
