«Tottenxem» narx juda yuqoriligi sababli «Chelsi» futbolchisidan voz kechdi
17 AVGUST, 2026, 05:54
«Tottenxem» «Chelsi» hujumchisi Nikolas Jeksonni xarid qilish fikridan voz kechdi.
«Shporlar» 25 yoshli senegallik forvard uchun asosiy da'vogarlardan biri sifatida tilga olinayotgan edi, ammo kurashdan chiqishga qaror qilishdi. Insayder Ekrem Konurning xabar berishicha, «londonliklar» o'z hujumchisi uchun 70 million evro so'ramoqda — «Tottenxem» rahbariyati esa bu narxni haddan tashqari yuqori deb baholadi.
Nikolas Jeksonga shuningdek «Aston Villa» va Madridning «Atletiko» klublari ham qiziqish bildirmoqda. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 40 million evroga baholagan. Uning «Chelsi» bilan amaldagi shartnomasi 2033 yilgacha mo'ljallangan.
Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsumda Jekson ijara huquqi asosida «Bavariya» sharafini himoya qilgan edi.
