logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:32
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Romano Kasadoning «Barselona»dan ketishi mumkinligi haqida gapirdi

 17 AVGUST, 2026, 05:54

Taniqli insayder Fabritsio Romano «Barselona» yarim himoyachisi Mark Kasadoning kelajagi haqida ma'lumot berdi.

22 yoshli futbolchi transfer oynasi yopilgunga qadar klubini o'zgartirishi mumkin, chunki bosh murabbiy Xans-Diter Flik uni jamoaning asosiy tarkibida ko'rmayapti. Romanoning ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining agenti Jorje Mendesh ispaniyalik yarim himoyachi uchun munosib variantlar izlashni davom ettirmoqda. Bundan tashqari, ekspertning ta'kidlashicha, ko'plab mish-mishlarga qaramay, Saudiya Arabistonining «Al-Hilol» klubi bilan muzokaralar olib borilmayapti. Hozirda boshqa bir klub tomonidan uga jiddiy qiziqish bildirilmoqda.

Transfermarkt portali Mark Kasadoning narxini 18 million evroga baholamoqda. Futbolchining kataloniyaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yozigacha mo'ljallangan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ