Luis Enrike Barkolya va Mbayening «PSJ» qaydnomasiga kiritilmaganiga izoh berdi
17 AVGUST, 2026, 05:48
«PSJ» bosh murabbiyi Luis Enrike Frantsiya Superkubogi doirasidagi «Lans»ga qarshi o'yinda Bredli Barkolya va Ibraim Mbayening qaydnomaga kiritilmagani sababi haqidagi savolga javob berdi.
«Bu vaziyat haqida transfer oynasi yopilganidan so'ng gaplashamiz», — deya matbuot anjumanida to'g'ridan-to'g'ri javob berishdan qochdi Enrike.
Uchrashuvda «PSJ» «Lans»ga minimal 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. O'yin taqdirini 32-daqiqada Floryan Toven tomonidan kiritilgan yagona gol hal qildi.
Mavjud ma'lumotlarga ko'ra, Barkolya «Liverpul»ga o'tishga rozilik berib bo'lgan, ammo «mersisaydliklar» hali parijliklar bilan transfer shartlarini kelishib olishlari kerak.
