Arteta Xulian Alvaresga qo'ng'iroq qildi
17 AVGUST, 2026, 05:48
Londonning «Arsenal» klubi Madridning «Atletiko» hujumchisi Xulian Alvaresni o'z safiga qo'shib olishga bo'lgan qiziqishini saqlab qolmoqda.
Transfer News Live nashrining ESPN Argentinaga tayanib xabar berishicha, yaqinda «kanonirlar» bosh murabbiyi Mikel Arteta argentinalik futbolchiga shaxsan qo'ng'iroq qilib, uni Londonga ko'chib o'tish variantini ko'rib chiqishga ko'ndirishga uringan. Ammo 26 yoshli hujumchi yana bir bor «Barselona» variantini afzal ko'rishini bildirgan.
«Ko'k-anorranglilar» anchadan beri Alvares uchun kurashda favorit hisoblanib kelishmoqda, biroq «Atletiko» muzokaralar olib borishni istamayapti. Futbolchining o'zi Xans-Diter Flik jamoasiga o'tish istagini bildirayotganiga qaramay, Madrid klubi 100 million evrolik taklifni javobsiz qoldirmoqda.
Eslatib o'tamiz, yakshanba kuni «Arsenal» «Manchester Siti»ni 3:0 hisobida mag'lub etib, Angliya Superkubogi sohibiga aylandi.
