«Lans» «PSJ»ni mag'lub etib, Frantsiya Superkubogiga ega chiqdi
17 AVGUST, 2026, 05:42
2026 yilgi Frantsiya Superkubogi bahsida «Lans» va «PSJ» klublari o'zaro to'qnash keldi. Lans shahrida kechgan va Jeremi Pinyar boshqargan bellashuvda «Lans» 1:0 hisobida g'alaba qozondi.
O'yindagi yagona golni 32-daqiqada «Lans» yarim himoyachisi Floryan Toven kiritdi. 39-daqiqada maydon markazida qo'pollik ishlatgani uchun «Lans» himoyachisi Killian Antonio maydondan chetlatildi. 86-daqiqada esa «PSJ» himoyachisi Nunu Mendesh qizil kartochka oldi.
Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsumda Luis Enrike shogirdlari 34 turda 76 ochko jamg'arib, Frantsiya chempioni bo'lishgan edi. «Lans» esa 70 ochko bilan 2-o'rinni egallagan va Frantsiya Kubogi finalida «Nitstsa»ni 3:1 hisobida engib, kubokni qo'lga kiritgan edi.
