logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:12
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Mourino «Shalke» ustidan erishilgan g'alabadan so'ng: «Jamoa tobora haqiqiy jamoaga o'xshab bormoqda»

 17 AVGUST, 2026, 05:36

«Real Madrid» bosh murabbiyi Joze Mourino «Shalke 04»ga qarshi o'yindagi 3:0 hisobidagi g'alabadan so'ng mavsumlararo tayyorgarlik yakunlarini sarhisob qildi.

Madridliklar mavsum oldi tayyorgarlikni mag'lubiyatsiz yakunlashdi: jamoa «Ferentsvarosh», «Deportivo» va «Shalke» ustidan g'alaba qozondi, shuningdek, «Fiorentina» bilan durang o'ynadi.

«Bizda juda yuqori mahoratga ega futbolchilar bor. Jamoa sifatida to'p bilan ham, to'psiz ham juda yaxshi ishlayapmiz. Bu rasmiy o'yinlar boshlanishi oldidan ajoyib sinov va so'nggi muhim mashg'ulot bo'ldi. Jamoada bir-birini tushunish va jamoaviy mehnat bor. Jamoa tobora haqiqiy jamoaga o'xshab bormoqda», — deydi murabbiy Marca nashriga.

«Real» navbatdagi o'yinini 22 avgust kuni Ispaniya chempionatining 1-turi doirasida «Espanol»ga qarshi o'tkazadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ