«Barselona» Rodrining transferi uchun qancha to'lashi ma'lum bo'ldi
17 AVGUST, 2026, 05:30
«Barselona» «Manchester Siti» bilan yarim himoyachi Rodri Ernandesning transferi bo'yicha printsipial kelishuvga erishdi.
The Athletic nashri xabariga ko'ra, bitimning umumiy qiymati 76,5 million evroni tashkil etishi mumkin. Kafolatlangan to'lov miqdori 60 million evroni tashkil etadi. Yana 16,5 million evro turli bonuslar sifatida ko'zda tutilgan bo'lib, ularning 11 milliondan ortig'iga erishish juda oson deb hisoblanmoqda.
Shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olish transferga to'sqinlik qilmaydi. «Barselona» yarim himoyachi bilan to'rt yillik shartnoma imzolaydi. Yaqin orada bitim rasman yakunlanishi kutilmoqda.
