logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:57
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Mareska – Buaddi haqida: «U qanchalik erta kelsa, shuncha yaxshi»

 17 AVGUST, 2026, 05:18

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Entso Mareska ingliz klubiga o'tishi mumkin bo'lgan yarim himoyachi Ayyub Buaddi haqida o'z fikrini bildirdi.

«U hali ham «Lill» o'yinchisi. Ammo har qanday yangi futbolchi borasida vaziyat oddiy: u jamoaga qanchalik erta qo'shilsa, shuncha yaxshi. Bir haftadan so'ng chempionatdagi birinchi o'yinimiz bo'lib o'tadi, shuning uchun yangi o'yinchi imkon qadar tezroq biz bilan ishlashni boshlashi va o'yin tamoyillarimizni tushunib olishi muhim», — deydi Mareska Sky Sports nashriga.

Oxirgi ma'lumotlarga ko'ra, «shaharliklar» Buaddi bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olishgan va 18 yoshli futbolchi uchun 100 million evrogacha to'lashga tayyor. O'tgan mavsumda Buaddi klub darajasidagi 42 ta o'yinda 1 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ