Kalafori: «Bu muhim sinov edi»
17 AVGUST, 2026, 05:18
Londonning «Arsenal» klubi «Manchester Siti»ni yirik hisobda mag'lub etib, Angliya Superkubogini qo'lga kiritdi. «Kanonirlar»ning italiyalik himoyachisi Rikkardo Kalafori ushbu o'yin jamoa uchun muhim sinov bo'lganini ta'kidladi.
«Bu biz uchun juda muhim o'yin va muhim sinov edi. G'oliblik mentalitetimizni tasdiqlashimiz zarur edi. Juda ajoyib tuyg'ular. Tezkor gol juda qo'l keldi. Biz mukammallikka yaqin o'yin ko'rsatdik», — deydi Kalafori BBC Sport nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, «Arsenal» o'z tarixida 18-marotaba Angliya Superkubogi egasiga aylandi. APLning birinchi turida klub «Koventri»ga qarshi maydonga tushadi, ushbu bahs yaqinlashib kelayotgan juma kuni bo'lib o'tadi.
