Turkiya superligasi. Shomurodov gol urgan va Fayzullaev assist qilgan o'yinda «Bashakshehir» g'alaba qozondi
16 AVGUST, 2026, 23:06
Turkiya superligasi 1-turi doirasida «Bashakshehir» klubi o'z maydonida «Xo'jaelispor» jamoasini qabul qilib, ishonchli g'alabani qo'lga kiritdi.
Uchrashuvning 14-daqiqasida mezbonlar hisobni ochishdi. Abbos Fayzullaevning uzatmasidan keyin Operi darvozasini ishg'ol qildi.
Ikkinchi bo'limning 72-daqiqasida esa Eldor Shomurodov jamoasining ikkinchi goliga mualliflik qildi.
Shu tariqa, «Bashakshehir» mavsumni g'alaba bilan boshladi.
