logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:59
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Mareska «Arsenal»dan uchralgan yirik mag'lubiyatga izoh berdi

 16 AVGUST, 2026, 22:30

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Entso Mareska Angliya Superkubogida «Arsenal»dan uchralgan 0:3 hisobidagi yirik mag'lubiyatdan so'ng uchrashuv haqida fikr bildirdi.

Italiyalik mutaxassisning ta'kidlashicha, o'yin boshlanishi bilan o'tkazib yuborilgan tezkor gol bahs stsenariysiga jiddiy ta'sir ko'rsatgan. Shuningdek, u jamoasining golli vaziyatlardan foydalana olmaganini ham qayd etdi.

«O'yinning 25-soniyasida o'tkazib yuborgan golimiz, afsuski, bahsning keyingi borishiga ta'sir qildi, deb o'ylayman. Goldan keyin jamoaning reaktsiyasi ancha yaxshi bo'ldi.

«Arsenal» ikkinchi golni urishiga qadar bizda hisobni tenglashtirish uchun uch yoki to'rtta imkoniyat bo'ldi. Ammo ulardan foydalana olmadik. Keyin ikkinchi golni ham o'tkazib yubordik va vaziyat yanada qiyinlashdi», — dedi Mareska.

Shu tariqa, Entso Mareska «Manchester Siti» bosh murabbiyi sifatidagi ilk rasmiy uchrashuvini mag'lubiyat bilan boshladi. «Shaharliklar» Angliya Superkubogida sovrindan quruq qoldi.

Mareska joriy yozda Xosep Gvardiolani «Manchester Siti» bosh murabbiyi lavozimida almashtirgan edi. Italiyalik mutaxassis bunga qadar «Chelsi»ni boshqargan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ