17-tur Superligada eng sermahsul turlar qatoriga kirdi
16 AVGUST, 2026, 22:24
O'zbekiston Superligasining 17-turida jami 28 ta gol urildi. Bu 2026 yilgi mavsumdagi eng yuqori ko'rsatkichga teng bo'ldi.
O'zPFL ma'lumotiga ko'ra, bunga qadar 13-turda ham 28 ta gol qayd etilgan edi. Shu tariqa, 13 va 17-turlar mavsumning eng sermahsul turlari bo'lib turibdi.
Keyingi o'rinlarda 5 va 10-turlar joylashgan — har ikki turda 25 tadan gol urilgan. 4 va 9-turlarda esa jamoalar 24 tadan gol kiritgan.
Eng kam gol urilgan turlar 6 va 11-turlar bo'lib, ularda 14 tadan gol qayd etilgan. 3-turda esa 15 ta gol urilgan.
17-turda eng sermahsul bahs «Navbahor» — «Bunyodkor» uchrashuvi bo'ldi. Namangandagi o'yinda jamoalar jami 7 ta gol urib, «Navbahor» 4:3 hisobida g'alaba qozondi.

