logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:45
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

17 ta zarba ham yordam bermadi — «Nasaf» «Paxtakor»ga yutqazdi (O'yin statistikasi)

 16 AVGUST, 2026, 22:18

O'zbekiston Superligasining 17-turidan o'rin olgan «Nasaf» — «Paxtakor» uchrashuvida toshkentliklar 2:1 hisobida g'alaba qozondi. Biroq o'yin statistikasiga ko'ra, bir qator asosiy ko'rsatkichlarda mezbonlar ustunlik qilgan.

«Nasaf»ning kutilgan gollar (xG) ko'rsatkichi 1,30 ni, «Paxtakor»niki esa 1,14 ni tashkil etdi. Qarshiliklar to'p nazoratida ham ozgina ustun bo'ldi — 52 foizga 48.

Ro'ziqul Berdiev shogirdlari raqib darvozasi tomon 17 marta zarba berdi, shularning 4 tasi aniq chiqqan. «Paxtakor» esa 10 ta zarbadan 3 tasini darvozaga yo'lladi. Paslar aniqligi bo'yicha ham «Nasaf» oldinda — 74 foizga 72.

Bahsda «Paxtakor» futbolchilari 18 marta qoida buzgan, «Nasaf»da bu ko'rsatkich 13 tani tashkil qildi. Burchak zarbalari soni teng — 3:3. Kalit paslarda toshkentliklar 7:6 hisobida ustun bo'ldi.

Uchrashuvda hisob 15-daqiqada Alibek Davronovning avtogolidan keyin ochildi. 48-daqiqada Sharof Muhiddinov muvozanatni tikladi, ammo 71-daqiqada Oybek Bozorovning goli «Paxtakor»ga g'alaba keltirdi — 1:2.


Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ