logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:58
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Olmo «PSJ»ga o'tgan Torresga murojaat qildi

 16 AVGUST, 2026, 22:18

«Barselona» yarim himoyachisi Dani Olmo kataloniyaliklar safini tark etib, Frantsiyaning «Pari Sen-Jermen» klubiga o'tgan sobiq jamoadoshi va Ispaniya terma jamoasidagi sherigi Ferran Torresga murojaat qildi.

Torresning «PSJ»ga transferi 15 avgust, shanba kuni rasman e'lon qilingan edi.

«Barcha bu yillar uchun senga rahmat, do'stim! Biz seni juda sog'inamiz», — deb yozdi Olmo ijtimoiy tarmoqda va hujumchi bilan tushgan suratini joyladi.

Torres 2022 yil yanvaridan beri «Barselona» safida to'p surib kelayotgan edi.

OAV ma'lumotiga ko'ra, transfer qiymati 50 mln evroni tashkil etgan. 26 yoshli futbolchining «PSJ» bilan shartnomasi 2031 yil yoziga qadar mo'ljallangan.

Ferran Torres yangi klubida 9-raqam ostida harakat qiladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ