logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:44
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Erediviziya. «Ayaks» ikki to'plik ustunlikni saqlab qola olmadi

 16 AVGUST, 2026, 22:12

Niderlandiya chempionati doirasida «Ayaks» o'z maydonida «Xerenven»ni qabul qildi. Uchrashuv 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlandi.

Mezbonlar favorit sifatida bahsni faol boshladi va 7-daqiqada hisobni ochdi. Bernt Klaverbur to'pni o'z darvozasiga kiritib qo'ydi.

33-daqiqada «Ayaks» ustunligini oshirdi. Abdella Uazan raqib darvozasini ishg'ol qilib, hisobni 2:0 ko'rinishiga keltirdi.

Birinchi bo'lim yakunlanishi arafasida Yakob Trenskov «Xerenven»ning birinchi golini urdi.

Ikkinchi bo'limda «Ayaks» ustunlikni saqlab turdi, ammo uch ochkoni qo'lga kirita olmadi. Maksans Rivera gol urib, mehmonlarni mag'lubiyatdan qutqardi — 2:2.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ