logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:57
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

«Real» «Shalke» darvozasiga javobsiz 3 ta gol urdi

 16 AVGUST, 2026, 22:00

«Real» mavsumoldi tayyorgarligi doirasida Germaniyaning «Shalke» klubini 3:0 hisobida mag'lub etdi. Uchrashuv Gelzenkirxendagi «Feltins-Arena»da bo'lib o'tdi. Madrid klubining rasmiy match-markazi yakuniy hisobni 0:3 ko'rinishida qayd etgan.

Bu Joze Mourinyu shogirdlari uchun yangi mavsum oldidan so'nggi o'rtoqlik uchrashuvi edi. «Real» bunga qadar «Fiorentina» bilan 2:2 hisobida durang o'ynagan, «Ferentsvarosh»ni 2:1, «Deportivo»ni esa 1:0 hisobida mag'lub etgandi.

«Shalke»ga qarshi g'alaba bilan madridliklar mavsumoldi tayyorgarligini mag'lubiyatsiz yakunladi. Endi jamoa asosiy e'tiborini La Liga startiga qaratadi.

«Real» 2026/27 yilgi Ispaniya chempionatidagi ilk uchrashuvini 22 avgust kuni safarda «Espanol»ga qarshi o'tkazadi.


Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ