logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:44
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Superligada 18-tur o'yinlari taqvimi

 16 AVGUST, 2026, 21:54

Superliganing 18-tur uchrashuvlari 18–21 avgust kunlari bo'lib o'tadi. Tur doirasida jami sakkizta bahs o'tkazilishi rejalashtirilgan.

18 avgust kuni «So'g'diyona» o'z maydonida «Qizilqum»ni qabul qiladi. Shu kuni turnir peshqadami «Neftchi» safarda «Buxoro»ga qarshi maydonga tushadi.

19 avgust kuni «OKMK» — «Dinamo» va «Mash'al» — «Andijon» uchrashuvlari o'tkaziladi. 20 avgustda esa «Bunyodkor» «Qo'qon-1912»ni, «Xorazm» «Lokomotiv»ni qabul qiladi.

Turning so'nggi bahslari 21 avgustga belgilangan. «Navbahor» Namanganda «Nasaf» bilan kuch sinashsa, «Paxtakor» o'z maydonida «Surxon»ga qarshi o'ynaydi.

Superliga, 18-tur:

18 avgust, 19:00 — «So'g'diyona» — «Qizilqum»
18 avgust, 20:00 — «Buxoro» — «Neftchi»
19 avgust, 19:00 — OKMK — «Dinamo»
19 avgust, 20:00 — «Mash'al» — «Andijon»
20 avgust, 19:00 — «Bunyodkor» — «Qo'qon-1912»
20 avgust, 20:00 — «Xorazm» — «Lokomotiv»
21 avgust, 19:00 — «Navbahor» — «Nasaf»
21 avgust, 20:00 — «Paxtakor» — «Surxon»


Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ