Xabib Dana Uaytning 102 kg vaznga ega ekani haqidagi bayonotiga javob qaytardi
16 AVGUST, 2026, 21:32
UFC`ning engil vaznidagi sobiq chempioni Xabib Nurmagomedov tashkilot prezidenti Dana Uaytning u vazn yiqqani sababli oktagonga qaytmasligi haqidagi gapiga munosabat bildirdi."U taxminan 225 funt (102 kg) vaznga ega, tabiiyki, endi jang qilmaydi", — dedi Uayt matbuot anjumanida.
UFC prezidentining so'zlariga javoban Xabib shunday deb yozdi:
"Mening vaznim 205 funt (taxminan 93 kg), Dana", — deya xabar qildi Nurmagomedov o'zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.
Xabib Nurmagomedov hozirda 37 yoshda. Rossiyalik sportchi UFC`dagi debyutini 2012 yilda o'tkazgan, 2018 yilda tashkilotning engil vazn toifasida (70 kg gacha) chempioni bo'lgan, shundan so'ng uch marta chempionlik kamarini himoya qilgan. 2020 yilda faoliyatini yakunlagan. U dunyoning eng nufuzli tashkilotida jami 13 ta g'alabaga erishgan va biror marta ham mag'lubiyatga uchramagan.

Manba: olamsport.com
