"Arsenal" Superkuboklar soni bo'yicha "Manchester Yunayted"ga yaqinlashdi
16 AVGUST, 2026, 21:30
"Arsenal" Angliya Superkubogini qo'lga kiritish bo'yicha "Manchester Yunayted"ga yaqinlashmoqda.
Bugun amaldagi Angliya chempioni Mikel Arteta jamoasi mamlakat Kubogi sohibi "Manchester Siti"ni 3:0 hisobida yirik mag'lubiyatga uchratdi.
Shu tariqa, "Arsenal" o'z tarixida 18-marta Angliya Superkubogini qo'lga kiritdi.
Bu borada faqat "Manchester Yunayted" londonliklardan oldinda. "Qizil iblislar" hisobida 21 ta Superkubok bor.
"Liverpul" esa ushbu sovrinni 16 marta qo'lga kiritgan.
