Superliga to'purarlari: Doriev birinchi, Hojimirzaev va Abduxoliqov ta'qibda
16 AVGUST, 2026, 21:30
Superliganing 17-turidan keyin to'purarlar poygasida "So'g'diyona" futbolchisi Lyupcho Doriev peshqadamlik qilmoqda.
Doriev hozirga qadar 12 ta gol urib, eng yaqin ta'qibchilaridan 3 ta to'pga oldinda bormoqda.
"Dinamo" futbolchisi Anvarjon Hojimirzaev va "Lokomotiv" hujumchisi Temurxo'ja Abduxoliqov 9 tadan gol bilan keyingi o'rinlarni egallab turibdi.
"Paxtakor" futbolchisi Stefen Chinedu hamda "Neftchi" vakili Stipe Peritsa hisobida esa 8 tadan gol bor.
Superliga to'purarlari, 17-turdan keyin:
Lyupcho Doriev ("So'g'diyona") — 12 gol Anvarjon Hojimirzaev ("Dinamo") — 9 Temurxo'ja Abduxoliqov ("Lokomotiv") — 9 Stefen Chinedu ("Paxtakor") — 8 Stipe Peritsa ("Neftchi") — 8