logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:44
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Superliga: 17-tur natijalari va yangilangan turnir jadvali (FOTO)

 16 AVGUST, 2026, 21:24

Superliganing 17-tur bahslari yakunlandi. Tur doirasida sakkizta uchrashuv o'tkazilib, ettita bahsda g'olib aniqlandi, "Dinamo" — "Xorazm" uchrashuvi esa 2:2 hisobidagi durang bilan tugadi.

"Neftchi" safarda "Andijon"ni 3:0 hisobida mag'lub etib, peshqadamlikni mustahkamladi. Farg'onaliklar 17 turdan keyin 42 ochko bilan turnir jadvalida birinchi o'rinni egallab turibdi.

"Paxtakor" esa safarda "Nasaf" ustidan 2:1 hisobida g'alaba qozondi va 38 ochko bilan ikkinchi o'rinda qoldi. Peshqadam va ta'qibchi o'rtasidagi farq 4 ochkoni tashkil etmoqda.

Namanganda "Navbahor" va "Bunyodkor" ishtirokidagi sermahsul bahs 4:3 hisobida mezbonlar foydasiga hal bo'ldi. "Navbahor" 31 ochko bilan 3-o'ringa ko'tarildi. "Buxoro" esa "OKMK"ni 2:0 hisobida engib, 30 ochko bilan 4-pog'onani egalladi.

Shuningdek, "So'g'diyona" "Surxon"ni 3:1, "Qizilqum" "Mash'al"ni 2:0, "Qo'qon-1912" esa "Lokomotiv"ni 2:1 hisobida mag'lub etdi.



Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ