logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:46
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Entso Mareska "Manchester Siti"dagi ilk rasmiy o'yinida sovrindan quruq qoldi

 16 AVGUST, 2026, 21:24

Entso Mareska "Manchester Siti" bosh murabbiyi sifatidagi ilk sovrin uchun bahsda mag'lubiyatga uchradi.

"Shaharliklar" Angliya Superkubogi uchrashuvida "Arsenal"ga 0:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Mareska joriy yozda klubni 10 yil boshqargan Pep Gvardiola o'rnini egallagan edi. "Arsenal"ga qarshi bahs italiyalik mutaxassisning "Manchester Siti" bosh murabbiyi sifatidagi ilk rasmiy uchrashuvi bo'ldi.

Gvardiola "Siti"dagi faoliyati davomida jami 20 ta sovrin qo'lga kiritgan, shulardan 3 tasi Angliya Superkubogi edi.

Mareska esa 2022–2023 yillarda Pep Gvardiolaning "Manchester Siti"dagi murabbiylar shtabida assistent sifatida ishlagan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ