Mikel Arteta murabbiylik faoliyatidagi beshinchi sovrinini qo'lga kiritdi
16 AVGUST, 2026, 21:18
Mikel Arteta murabbiylik faoliyatidagi beshinchi sovrinini qo'lga kiritdi.
Bugun ispaniyalik mutaxassis boshqaruvidagi "Arsenal" Angliya Superkubogi bahsida "Manchester Siti"ni 3:0 hisobida yirik mag'lubiyatga uchratdi.
Arteta qo'l ostida London klubi 2026 yilda Angliya Premer-ligasida chempion bo'ldi. Shuningdek, "Arsenal" 2020 va 2023 yillarda Angliya Superkubogini, 2020 yilda esa Angliya kubogini qo'lga kiritgan.
Shu tariqa, Mikel Arteta "Arsenal" bosh murabbiyi sifatida jami beshta sovrin sohibiga aylandi.
Arteta futbolchilik faoliyatida ham "Arsenal" bilan sovrinlar yutgan. U "kanonirlar" safida ikki marta Angliya kubogi va ikki marta Angliya Superkubogini qo'lga kiritgan.
Ispaniyalik mutaxassis 2019 yil oxiridan beri "Arsenal"ni boshqarib kelmoqda.
