logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:44
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

"Arsenal" "Manchester Siti"ni yirik hisobda engib, Angliya Superkubogini qo'lga kiritdi

 16 AVGUST, 2026, 21:00

"Arsenal" Angliya Superkubogi uchun o'tkazilgan bahsda "Manchester Siti"ni 3:0 hisobida mag'lub etib, yangi mavsumni sovrin bilan boshladi. Kardiffdagi "Prinsipaliti" stadionida o'tgan uchrashuv Mikel Arteta jamoasining to'liq ustunligi ostida kechdi.

Londonliklar hisobni o'yin boshlanishi bilan ochdi. Rikkardo Kalafori 1-daqiqadayoq Maylz Lyuis-Skellining uzatmasidan keyin gol urdi. 28-daqiqada Kay Haverts Kristos Tsolisning pasini golga aylantirib, "Arsenal" ustunligini ikki to'pga etkazdi. Ikkinchi bo'limning 48-daqiqasida Martin Edegor uchinchi golni kiritib, uchrashuv taqdirini amalda hal qildi.

"Manchester Siti" safida O'zbekiston milliy jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi. Entso Mareska uni Ruben Diash va Yoshko Gvardiol bilan birga himoya chizig'ida maydonga tushirdi. "Siti" darvozasini Janluiji Donnarumma qo'riqladi, hujumda esa Erling Holand, Antuan Semeno va Jeremi Doku harakat qildi.

Shu tariqa, amaldagi Angliya chempioni "Arsenal" yangi mavsumdagi ilk rasmiy uchrashuvidayoq sovringa ega chiqdi. "Kanonirlar" mazkur bahsga qadar Angliya Superkubogini 17 marta qo'lga kiritgandi va "Siti" ustidan qozonilgan g'alaba klubga navbatdagi titulni keltirdi.

Entso Mareska uchun esa "Manchester Siti" bosh murabbiyi sifatidagi ilk rasmiy uchrashuv yirik hisobdagi mag'lubiyat bilan yakunlandi. 

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ