Mbappe mavsumoldi yig'inidagi ilk o'yinidayoq gol urdi (video)
16 AVGUST, 2026, 20:54
«Real» hujumchisi Kilian Mbappe «Shalke 04»ga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida hisobni ochdi.
Frantsiyalik yulduz o'yinning 6-daqiqasida raqib xatosidan unumli foydalanib, jamoasini oldinga olib chiqdi. Shu tariqa, Mbappe o'zining yangi mavsum oldidangi ilk uchrashuvidayoq gol muallifiga aylandi.
Ma'lumot uchun, bu Kilian Mbappening joriy mavsum oldidan birinchi nazorat bahsi hisoblanadi.
Bunga qadar Joze Mourinyu boshchiligidagi «Real» mavsumoldi o'yinlarida «Leganes»ni 4:1, «Ferentsvarosh»ni 2:1 va «Deportivo»ni 1:0 hisobida mag'lub etgan, shuningdek, «Fiorentina» bilan 2:2 hisobida durang o'ynagan edi.
Madridliklar yangi mavsumdagi ilk rasmiy uchrashuvini 22 avgustdan 23 avgustga o'tar kechasi o'tkazadi. La Liganing birinchi turida «Real» safarda «Espanol» mehmoni bo'ladi.
