UFC. Xabib Nurmagomedov Dana Uaytga javob qaytardi
16 AVGUST, 2026, 19:06
UFC afsonasi Xabib Nurmagomedov promoushen prezidenti Dana Uaytning uning hozirgi vazni va oktagonga qaytishi mumkinligi haqidagi bayonotiga munosabat bildirdi.
Avvalroq Dana Uayt Xabibning qaytish ehtimolini inkor etib, shunday degan edi:
«O'ylashimcha, biz hozir uni ortga qaytara olmaymiz. Buning ustiga, uning vazni hozir 100 kilogramm yoki undan ham ko'proq chiqsa kerak. U yaxshi hayot kechirmoqda, qaytadan jang qilishni xohlaydi deb o'ylamayman».
Xabib Nurmagomedov ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida bunga qisqa qilib javob qaytardi:
«Men 93 kilogrammman, Dana», — deb yozdi u.
Eslatib o'tamiz, Xabib Nurmagomedov MMAda 29 ta jang o'tkazib, ularning barchasida g'alaba qozongan (29-0). U 2020 yilda engil vazn toifasida UFC chempioni maqomida faoliyatini yakunlagan edi.
