logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:15
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Panuchchi: «Ramush maydonda haqiqiy hujumchidek harakat qiladi»

 16 AVGUST, 2026, 19:00

Italiyaning «Milan» klubi sobiq himoyachisi Kristian Panuchchi «PSJ»dan «rossoneri» safiga ko'chib o'tgan portugaliyalik hujumchi Gonsalu Ramushning o'yini haqida o'z fikrlarini bildirdi.

«U maydonda haqiqiy, chinakam hujumchidek harakat qiladi. Uning Chukvuezega bergan golli uzatmasi yuqori darajada bo'ldi. To'g'ri, bu hali avgust oyidagi futbol, ammo men «Milan»ning kelajagi borasida xotirjamman. Shunga qaramay, «Inter» bu mavsumda o'tgan yilgidan ham kuchliroq bo'ladi», — dedi Panuchchi pianetamilan.it nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o'tamiz, Kristian Panuchchi 1993 yildan 1997 yilgacha «Milan» sharafini himoya qilgan, shuningdek, faoliyati davomida Madridning «Real» klubida ham to'p surgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ