logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:20
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

«Atletiko»ning yangi futbolchisi «Arsenal» emblemasi tushirilgan tatuirovkasidan xalos bo'ldi

 16 AVGUST, 2026, 18:54

Madridning «Atletiko» klubiga shu yozda kelib qo'shilgan daniyalik yarim himoyachi Morten Yulmann Londonning «Arsenal» klubi emblemasi tushirilgan tatuirovkasi bilan bog'liq vaziyatga oydinlik kiritdi.

Kiyinish xonasida jamoadoshlari bu borada uni hazillashib tergashlari haqidagi savolga xavbek shunday javob berdi:

«Yo'q, men bolaligimda «Arsenal» muxlisi bo'lganman, lekin endi bu tatuirovka menda yo'q — u o'tmishimda qoldi. Professional futbolchiga aylanib, Avstriyaga ko'chib o'tganimdan so'ng, muxlislikka bo'lgan munosabatim o'zgardi, chunki endi maydonda professional sifatida to'p suryapman. Shu sababli bu klubga ilgarigidek ishqibozlik qilmayman, chunki endi bu mening kasbim. Ammo ha, o'tgan mavsumda maqsadga juda yaqin kelgan edik va umid qilamanki, bu mavsumda «Atletiko» bilan birga yana o'sha cho'qqiga erisha olamiz».

Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsumda «Arsenal» Chempionlar Ligasining yarim finalida «Atletiko»ni, undan oldin esa Yulmann to'p surgan Lissabonning «Sporting» klubini musobaqadan chiqarib yuborgan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ