Mareska Andersonning debyuti haqida: "Undan qo'lidan keladigan ishni qilishni so'rayapmiz"
16 AVGUST, 2026, 18:48
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Entso Mareska jamoa yangi futbolchisi Elliot Andersonning "Arsenal"ga qarshi Angliya Superkubogi bahsidagi debyuti oldidan fikr bildirdi. 23 yoshli yarim himoyachi uchrashuvni asosiy tarkibda boshlaydi.
"Biz undan qo'lidan keladiganidan ortiqcha ish qilishni so'ramayapmiz. U to'p bilan ham, to'psiz ham yaxshi futbolchi. U faqat o'z imkoniyatlari doirasidagi ishni bajarishi kerak", dedi Mareska.
Anderson joriy yozda "Nottingem Forest"dan "Manchester Siti"ga o'tdi. Reuters ma'lumotiga ko'ra, transfer qiymati bonuslar bilan 116 million funtgacha etishi mumkin. Futbolchi yangi klubidagi ilk rasmiy uchrashuvidayoq start tarkibidan joy oldi.
