logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:15
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

"Real" Dumfrisning taqdimot sanasini belgiladi

 16 AVGUST, 2026, 18:42

"Real"ning yangi himoyachisi Denzel Dumfrisning rasmiy taqdimot marosimi 21 avgust kuniga rejalashtirilgan. Bu haqda ispaniyalik jurnalist Ben Fernandes Santos ma'lum qildi. Uning qayd etishicha, hozircha aynan shu sana asosiy variant sifatida belgilangan.

Madrid klubi Dumfris transferini 5 iyul kuni rasman e'lon qilgan. Niderlandiyalik futbolchi "Inter"dan kelib qo'shildi va "Real" bilan 2030 yil 30 iyungacha mo'ljallangan to'rt yillik shartnoma imzoladi.

OAV ma'lumotiga ko'ra, "Real" 30 yoshli o'ng qanot himoyachisining 20 million evrolik tovon pulini faollashtirgan. Dumfris "Inter" safida 207 ta o'yin o'tkazib, 27 ta gol urgan va 28 ta golli uzatma bergan.

Dumfris allaqachon "Real" bilan mashg'ulotlarga kirishgan. U 28 iyul kuni Joze Mourino qo'l ostidagi ilk rasmiy mashg'ulotini o'tkazgan, biroq futbolchining taqdimot marosimi keyinga surilgan edi. 

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ