Rojers: «Bir-birimizga yordam berishni juda yaxshi tushunamiz»
16 AVGUST, 2026, 18:36
«Chelsi»ning yangi a'zosi Morgan Rojers jamoadoshi va yaqin do'sti Koul Palmer bilan maydondagi munosabatlari hamda taktik moslashuvi haqida fikr bildirdi.
«Odamlar "Ular qanday qilib birga o'ynashadi? Maydonga ikkalasini qanday joylashtirish mumkin?" deb muhokama qilishayotganini ko'rdim. Ammo o'ylashimcha, Koul ikkimizning sifatlarimiz butunlay farq qiladi.
U ko'proq uzatmalar va kombinatsiyalar orqali o'yinni bog'laydi, yaratadi. U xuddi rassomga o'xshaydi. Men esa ancha to'g'ridan-to'g'ri harakat qiladigan, jismonan baquvvat va tez-tez oldinga boradigan o'yinchiman. Biz butunlay farqlimiz va aynan shu sababli bir-birimizni juda yaxshi to'ldiramiz.
Joao Pedro ham hozir juda ajoyib sport forpada. Mavsum oldi yig'inda qanday o'ynayotgani ko'rinib turibdi. Jamoada doim ham tilga olinavermaydigan boshqa kuchli futbolchilar ham juda ko'p. Men barcha bilan birga ishlashni intiqlik bilan kutyapman.
Men Palmerning o'yinini, u esa mening o'yinimni 14 yoshligimizdanoq yaxshi biladi. Angliya yoshlar terma jamoalarida birga o'ynaganmiz, shuning uchun qanday harakat qilishni va bir-birimizga yaxshiroq qirralarimizni ochishga qanday yordam berishni juda yaxshi tushunamiz.
Eng yaqin do'stlaringdan biri bilan birga o'ynaganingda, sog'lom raqobat paydo bo'ladi — har kim boshqasidan o'zini ko'rsatishga intiladi va shu orqali bir-birini oldinga suradi. Ammo bu erda aniq chegara bor: jamoa va g'alaba hamisha birinchi o'rinda turadi.
Tashqaridan kimgadir bu qanday ishlashini tushunish qiyin bo'lishi mumkin, lekin biz tushunamiz. Oldin ham buni boshdan kechirganmiz. Bizni doimo solishtirishadi, ammo endi bitta jamoadamiz. Eng muhimi — g'alaba qozonish va bir-birimizga maksimal darajada yordam berish», — dedi Rodjers Sky Sports nashriga.
Eslatib o'tamiz, o'tgan klub mavsumida yarim himoyachi «Aston Villa» safida barcha turnirlarda 55 ta o'yinda maydonga tushib, 14 ta gol urgan va 12 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan edi.
