logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 16:47
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Bu qiziq! Dana Uayt bugun Islam Maxachevning mag'lubiyatini kutgan ekan

 16 AVGUST, 2026, 18:32

UFC promouterlik kompaniyasi prezidenti Dana Uayt Yen Machado Gerri va Islam Maxachev o'rtasidagi chempionlik jangida irlandiyalikning g'alaba qozonishini kutganini malum qildi.

"Maxachev Gerrini nazorat qildi va uni to'liq zararsizlantirdi. U jangda g'alaba qozonish uchun aynan nima qilish kerak bo'lsa, shuni qildi. Men bugungi oqshom sensaciya (apset) bo'ladi deb hisoblagandim, o'ylagandim. Bugun kutilmagan natija bo'lishi mumkinligini sezgandim. CHunki, o'rtaga shuncha narsa tikilgandi — Islamning barcha rekordlari, Anderson Silvaning rekordini yangilashga urinish. SHundan kelib chiqib ham bugun sensaciya bo'lsa kerak deb kutgandim. Yen bunga yaqin ham keldi. Jang Islam uchun oson kechmaganini hamma ko'rdi", — dedi Uayt turnirdan keyingi matbuot anjumanida.

Eslatib o'tamiz, jang to'liq besh raund davom etdi va Islam hakamlarning yakdil qarori evaziga g'alaba qozondi. Ikki hakam — Sal D`Amato va Mayk Bell — 49-46 hisobini Maxachev foydasiga qayd etishdi. Uchinchi hakam Erik Kolon esa jangni 48-47 hisobida Islamga berdi.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ