logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:01
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

"Atalanta" futbolchisini Londonga qo'yib yubormadi

 16 AVGUST, 2026, 18:18

Bergamoning «Atalanta» klubi himoyachi Raul Bellanova bo'yicha «Fulxem»dan tushgan taklifni qabul qilmadi.

Taniqli insayder Fabritsio Romanoning ma'lumotiga ko'ra, Angliya klubi 25 yoshli italiyalik futbolchi uchun 20 million evro taklif qilgan. Biroq Bellanova transferga qo'yilmagan va «Atalanta» rahbariyati uni ushbu yozgi transfer oynasida jamoada olib qolishni rejalashtirmoqda.

O'tgan mavsumda Bellanova A Seriya doirasida 24 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan va 2 marotaba sariq kartochka bilan jazolangan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ