Ferran: «Luis Enrike men uchun futboldagi otamdek»
16 AVGUST, 2026, 18:12
«PSJ»ning yangi hujumchisi Ferran Torres yana Luis Enrike qo'lostida to'p surish imkoniyatiga ega bo'lganidan xursandligini bildirdi.
Ispaniyalik futbolchi ilgari mamlakat terma jamoasida ushbu mutaxassis bilan birga ishlagan edi, endi esa ularning hamkorligi Parij klubida davom etadi.
«Men buni hamisha aytib kelganman: Luis Enrike men uchun futbol dunyosidagi otamdek bo'lgan. Terma jamoada uning qo'l ostida shug'ullanish imkoniyati bo'lganida, u menga doimo juda katta ishonch bildirgan. Yana bir joyda birga ishlash — shunchaki fantastika», — dedi Ferran Torres.
