«Tottenxem» va «Xoffenxaym» jangovar durang o'ynashdi
16 AVGUST, 2026, 18:12
Yangi mavsumga tayyorgarlik doirasida «Tottenxem» va «Xoffenxaym» klublari o'rtoqlik o'yinida durang o'ynashdi.
Uchrashuv 2:2 hisobida yakunlandi. Germaniya klubi 16-daqiqada Adam Glojekning penaltidan urgan goli evaziga hisobni ochdi. Goldan to'rt daqiqa o'tib Ben Devis muvozanatni tikladi, tanaffus oldidan esa Luka Uilyams-Barnett londonliklarni oldinga olib chiqdi — 2:1. Ikkinchi bo'limda «Xoffenxaym» javob to'pini kiritdi: 55-daqiqada Valenten Jandre (Aleks Xonayzer) muvozanatni tikladi.
Ta'kidlash joizki, jamoalar ketma-ket ikkita o'rtoqlik o'yini o'tkazishdi. Bir kun oldin «Tottenxem» raqibidan ustun kelib, 3:0 hisobida g'alaba qozongan edi.
