"Arsenal" — "Manchester Siti". Tarkiblar e'lon qilindi
16 AVGUST, 2026, 18:06
Angliya Superkubogi uchun "Arsenal" va "Manchester Siti" o'rtasidagi uchrashuvning asosiy tarkiblari ma'lum bo'ldi. Bahs Kardiffdagi "Prinsipaliti" stadionida o'tkaziladi va Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da boshlanadi.
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Entso Mareska O'zbekiston milliy jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanovni asosiy tarkibga kiritdi. U Ruben Diash va Yoshko Gvardiol bilan birga himoya chizig'ida harakat qiladi. Hujumda esa Antuan Semeno, Erling Holand va Jeremi Doku maydonga tushadi.
"Arsenal": Rayya, Uayt, Moskera, Gabriel, Kalafori, Bruno Gimarayns, Lyuis-Skelli, Edegor, Douman, Tsolis, Haverts.
"Manchester Siti": Donnarumma, Husanov, Diash (sardor), Gvardiol, O'Rayli, Kovachich, Anderson, Foden, Semeno, Holand, Doku.
Bu uchrashuv Entso Mareska uchun "Manchester Siti" bosh murabbiyi sifatidagi ilk rasmiy bahs bo'ladi. "Arsenal" Angliya Premer-ligasi chempioni, "Manchester Siti" esa Angliya kubogi sohibi sifatida Superkubokda ishtirok etmoqda.
