«Barselona» Ektor Fortni 15–20 mln evroga sotishga tayyor
16 AVGUST, 2026, 17:54
«Barselona» himoyachisi Ektor Fortning yuzaga kelishi mumkin bo'lgan transferi shartlari ma'lum bo'ldi.
Mundo Deportivo nashrining xabariga ko'ra, Dortmundning «Borussiya» klubi futbolchini o'z safiga qo'shib olish uchun asosiy da'vogar bo'lib turibdi. Kataloniyaliklar Fortni 15–20 million evroga baholamoqda. Shu bilan birga, agar kelishuvga keyingi sotuvdan ulush olish yoki futbolchini qayta sotib olish optsiyasi kiritilsa, «Barselona» transfer narxini pasaytirishga ham rozi bo'lishi mumkin.
Qayd etilishicha, 19 yoshli himoyachi «blaugrana» bosh murabbiyi Xans-Diter Flikning kelajakdagi rejalaridan o'rin olmagan.
O'tgan mavsumni Fort «Elche»da ijara asosida o'tkazib, La Ligada 14 ta o'yinda maydonga tushgan va 2 ta gol urishga erishgan.
