Husanov "Arsenal"ga qarshi asosiy tarkibda maydonga tushadi
16 AVGUST, 2026, 17:54
"Manchester Siti"ning Angliya Superkubogi doirasida "Arsenal"ga qarshi uchrashuv uchun asosiy tarkibi ma'lum bo'ldi. O'zbekiston milliy jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov bahsni birinchi daqiqalardan boshlaydi.
Entso Mareska Husanovni Ruben Diash va Yoshko Gvardiol bilan birga himoya chizig'iga joylashtirgan. Jamoa sardori vazifasini Diash bajaradi. Darvozani Janluiji Donnarumma qo'riqlaydi.
Yangi xarid Elliot Anderson ham asosiy tarkibdan joy olgan. Hujum uchligini Antuan Semeno, Erling Holand va Jeremi Doku tashkil etadi.
"Manchester Siti"ning asosiy tarkibi:
Donnarumma — Husanov, Diash (sardor), Gvardiol, O'Rayli — Kovachich, Anderson, Foden — Semeno, Holand, Doku.
"Arsenal" — "Manchester Siti" bahsi Kardiffdagi "Prinsipaliti" stadionida o'tkaziladi. Angliya chempioni "Arsenal" va Angliya kubogi sohibi "Siti" o'rtasidagi uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da boshlanadi.
