Maguayr Reshfordga ishonmoqda
16 AVGUST, 2026, 17:36
«Manchester Yunayted» himoyachisi Xarri Maguayr jamoadoshi Markus Reshfordning mahorati va uning klubdagi kelajagi haqida fikr bildirdi.
«U aniq bizni yanada kuchliroq qila oladi. «Milan»ga qarshi o'rtoqlik o'yinida u maydonga tushganida, raqib himoyasi uchun qanchalik jiddiy xavf tug'dirganini hamma ko'rdi. Hatto gol urishi ham mumkin edi.
Agar u biz bilan qolsa, raqiblar uchun katta tahdid bo'lishda davom etadi. To'g'ri, transfer oynasi hali ochiq, ammo biz — futbolchilar uning jamoada qolishiga umid qilamiz, chunki u biz uchun juda qadrli o'yinchi», — dedi Maguayr.
