Mikel Arteta: «Gvardiola ketganidan so'ng APLda raqobatchilarimiz juda ko'p bo'ladi»
16 AVGUST, 2026, 17:30
«Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta Pep Gvardiola «Manchester Siti»ni tark etganidan so'ng Premer-ligadagi chempionlik kurashi haqida to'xtalib o'tdi, shuningdek, «Siti» «kanonirlar»ning asosiy raqibi bo'lib qoladimi-yo'qmi degan savolga javob berdi.
«Bizda raqobatchilar juda ko'p bo'ladi. Jamoalar tarkibiga, murabbiylarga va klublarga qarasangiz, bu haqiqat ekanini ko'rasiz, lekin biz buni shundoq ham bilamiz. Biz e'tiborimizni o'zimizga qaratishimiz va o'zimizga eng yaxshi imkoniyatlarni yaratish uchun qo'limizdagi barcha resurslardan maksimal darajada foydalanayotganimizga ishonch hosil qilishimiz kerak. Keyin esa, kun sayin oldinga intilib boramiz, bu juda va juda uzoq yo'l bo'ladi», — deydi Artetaning so'zlarini keltirgan ESPN.
