logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:15
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Sisse: «Zidan, xuddi Jordan kabi, o'z sport turining eng buyuk vakilidir»

 16 AVGUST, 2026, 17:24

Frantsiya terma jamoasining sobiq hujumchisi Jibril Sisse Zinedin Zidanni tarixdagi eng buyuk futbolchi deb atayadi va uni basketbol afsonasi Maykl Jordanga qiyosladi.

«U Marselning xavfli ko'chalaridan chiqqan kichikroq bola edi. Juda og'ir va ko'pchilikni komiga tortadigan muhitdan kelib chiqqan. Bunday sharoitda katta insonga aylanish oson emas, ammo u buni uddaladi. Dunyoning eng yaxshi o'yinchilari shunchaki o'yinlarda g'alaba qozonishmaydi — ular odamlar hayotiga ta'sir o'tkazishadi. Zidan buni Muhammad Ali kabi shaxsiyati evaziga emas, balki texnik mahorati, g'alaba ruhiyati va nafosati bilan amalga oshirdi.

U hech qachon himoyada chuqur o'tirib, durangga umid qiladigan o'yinchi bo'lmagan. U hamisha oldinga intilish va g'alabani qo'lga kiritish imkoniyatini ko'ra olardi, u bor jamoada esa hamisha imkoniyat bo'lgan. Bundan tashqari, uning ajoyib mahorati, jozibador fintlari va mahsuldorligi dunyo bo'ylab juda ko'p insonlarni frantsuz futboliga oshiq qildi. Terma jamoada u bilan birga o'ynash men uchun sharaf edi. Maykl Jordan singari u ham, mening nazarimda, eng buyukdir», — dedi Sisse Four Four Two nashriga bergan intervyusida.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ