logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:11
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

«Montsa» Di Gregorioni «Yuventus»dan ortga qaytarmoqchi

 16 AVGUST, 2026, 17:12

«Montsa» klubi «Yuventus» golkiperi Mikele Di Gregorioni yana o'z safiga qaytarish variantini ko'rib chiqmoqda. Bu haqda taniqli insayder va jurnalist Djanluka Di Martsio xabar berdi.

Manba berayotgan ma'lumotga ko'ra, hozircha klublar o'rtasida rasmiy muzokaralar boshlangani yo'q.

Eslatib o'tamiz, Mikele Di Gregorio «Inter» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U «Montsa»da dastlab 2020 yilda ijara asosida o'ynagan va 2022 yilda jamoa bilan to'liq shartnoma imzolagan edi. 2024 yilda darvozabon «Yuventus»ga ijaraga o'tgan va 2025 yildan beri Turin klubining to'laqonli a'zosi sifatida to'p surib kelmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ